Rossiya Kommunistik partiyasidan Samara viloyati dumasi deputati Mixail Abdalkin prezident Putinning Federal majlisga murojaatini quloqlariga lag‘mon taqqan holda tomosha qildi.
Abdalkin o‘zining suratini quyidagicha izohladi: uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Putinning nutqlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatni tinglashning yagona to‘g‘ri yo‘li».
«Samara guberniyasi dumasi raisi o‘rinbosari M.Yu.Antimonova iltimosiga binoan prezidentning ikki soatlik murojaatini tingladim. To‘liq qo‘llab-quvvatlayman, to‘liq qo‘shilaman, ajoyib nutq. Men so‘nggi 23 yil ichida bunday narsalarni eshitmaganman. Hayratdaman», — deya izoh qoldirgan u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Mahalliy deputatning mazkur harakati davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning g‘azabini qo‘zg‘atgan.
U Kommunistik partiya rahbari Gennadiy Zyuganovni ushbu partiyadoshini «jilovlashga» chaqirgan.
