13:13 / 23.02.2023
571

Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi


Foto: Rossiya FVV matbuot xizmati


Orenburg viloyatining “Tatarskaya Kargala” qishlog‘i yaqinida Orenburg—Qozon trassasida Nijniy Novgorod—O‘zbekiston yo‘nalishidagi yo‘lovchi avtobus ariqqa ag‘darilib ketdi. Bu haqda Rossiya viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Tatarskaya Kargala” qishlog‘i yaqinida yo‘lovchi avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan, avtobusda 29 kishi, jumladan, bolalar ham bo‘lgan.

YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Barcha yo‘lovchilar tibbiyot xodimlari nazoratidan o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.


Foto: Rossiya FVV matbuot xizmati

Foto: Rossiya FVV matbuot xizmati

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Orenburg viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilar dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan, keyin esa boshqa avtobusda yo‘lni davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning martida Qozog‘istonda 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan, 2019-yilda Qozog‘istonda Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 2018-yil yanvarida Aqto‘be viloyati hududida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketgan va 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi