13:43 / 23.02.2023
540

Xakerlar Rossiya radiotinglovchilarini vahimaga soldi

Xakerlar Rossiya radiotinglovchilarini vahimaga soldi

Bugun ertalab bir vaqtning o‘zida Rossiyaning turli shaharlarida bir nechta rus radiostantsiyalari efirida havo hujumidan ogohlantirish signallari eshitildi.

OAVning xabar berishicha, havo hujumi sirenasi mintaqaviy efirdagi bir nechta radiostantsiyalar, jumladan Avtoradio, Yumor FM, Relaks FM va boshqalar efirida ishga tushirilgan.

Radiolardan «Havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilinadi. Hamma zudlik bilan boshpanalarga yo‘l olsin! Diqqat! Diqqat! Raketa zarbasi tahdidi kutilmoqda», degan xabarni o‘qigan ayol ovozi eshitilgan.

Bu e’lon, xususan, Novosibirsk, Qozon, Voronej, Belgorod, Stariy Oskol, Ufa, Novouralsk va Moskva viloyati shaharlarida eshitilgan.

Ta’kidlanishicha, bu radiostantsiyalar translyatsiya qilayotgan sun’iy yo‘ldosh signalining noma’lum xakerlar tomonidan buzib kirilishi natijasida sodir bo‘lgan.

Rossiya kompaniyalari va davlat muassasalariga xakerlik hujumlari, xususan, virusli videolarni tarqatish va IP-manzillarni buzish kabi harakatlar so‘nggi paytlarda Rossiyada keng tarqalib, haqiqiy xavf tug‘dirmoqda, deyiladi «Rossiyalik harbiy xizmatchilarga psixologik hujum. Xakerlar Rossiyaga  urush e’lon qilishdi» maqolasida.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xakerlar Rossiya radiotinglovchilarini vahimaga soldi