14:12 / 23.02.2023
337

Amerikalik uchuvchi Xitoyning “josus shari” bilan 18 km balandlikda selfi tushdi

Amerikalik uchuvchi Xitoyning “josus shari” bilan 18 km balandlikda selfi tushdi

Foto: Getty Images / AQSH Harbiy-havo kuchlarining U-2 razvedka samolyoti uchuvchisi va Xitoy shari

AQSH Harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Amerika rasmiylari Xitoyning josuslik apparati deb atagan oq shar yo‘q qilinishidan bir kun avval u bilan selfiga tushdi. Pentagoni suratni Getty Images nashriga taqdim etdi.

4-fevral kuni urib tushirilgan shar Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 58 ming fut (17,6 km) balandlikda bo‘lgan, u Janubiy Karolina qirg‘oqlarida urib tushirilgan. Pekin shar tadqiqot uchun uchirilgani va kutilmaganda AQSH hududiga kirib qolganini aytib, uning yo‘q qilinishiga norozilik bildirdi.

Keyinroq AQSH prezidenti Jo Bayden havo shari qoldiqlarini o‘rganish chog‘ida uning razvedka operatsiyalariga aloqadorligini bildiruvchi belgilarni topilmaganini aytdi. Uning fikricha, bu holat ikki davlat “diplomatlari va harbiylari o‘rtasida ochiq muloqot liniyalari” zarurligini ko‘rsatgan.

Biz Xitoy bilan ziddiyatga emas, raqobatga intilamiz. Yangi sovuq urushni istamaymiz. Ammo men kechirim so‘ramayman”, — dedi Bayden. 

AQSH osmonida qayd etilgan razvedka shari Davlat kotibi Entoni Blinkenni Pekinga rejalashtirilgan safarini bekor qilishga undadi. Shundan so‘ng AQSH harbiylari Shimoliy Amerika osmonida yana uchta uchar obyektni urib tushirdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik uchuvchi Xitoyning “josus shari” bilan 18 km balandlikda selfi tushdi