10:43 / 24.02.2023
170

Zelenskiy Ukraina himoyachilariga minnatdorchilik bildirdi

Zelenskiy Ukraina himoyachilariga minnatdorchilik bildirdi

Foto: president.gov.ua

Rossiya harbiy agressiyasi boshlanganining bir yilligi munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrainalik harbiy xizmatchilarga jasorati uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Barchamizni front chizig‘ida himoya qilayotgan Ukraina harbiylari - ular hammadan yaxshi. Aynan bizning himoyachilarimiz bo‘lgan erkaklar va ayollar tufayli Ukraina kuchli, kurashmoqda, yashayapti. Barcha askarlarimizga rahmat - tirik qolganlar va afsuski, endi bizning oramizda yo‘qlarga - ularning jasorati uchun. Yovuzlik hali ham bor va jang davom etmoqda. Lekin biz aniq bilamizki, bu bizning g‘alabamiz bilan yakunlanadi», deb yozdi Zelenskiy Facebook'da.

BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati 23 fevral, payshanba kuni kechqurun «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish» va Rossiya qo‘shinlarini mamlakatdan to‘liq olib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiya uchun ovoz berdi.

Hujjatni 193 davlatdan 141 tasi yoqladi, 7 ta davlat – Belarus, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Shimoliy Koreya va Eritreya vakillari qarshi ovoz bergan, 32 davlat, jumladan, Hindiston va Xitoy betaraf qolgan.

Shu paytgacha BMTning Ukrainadagi urush bo‘yicha rezolyutsiyasi eng ko‘p ovozni o‘tgan yilning oktabr oyida to‘plagan, o‘shanda 143 davlat Rossiyaning Ukrainaning Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini anneksiya qilganini qoralagan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina himoyachilariga minnatdorchilik bildirdi