13:51 / 24.02.2023
739

O‘zbekiston Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyada betaraf qoldi

O‘zbekiston Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyada betaraf qoldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va barqaror tinchlik o‘rnatish tamoyillari» to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Hujjatda, xususan, Rossiya o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan «xalqaro tan olingan chegaralari doirasida» olib chiqishga, shuningdek, muhim infratuzilmaga zarba berishni to‘xtatishga chaqiradi.

Rezolyutsiyani 141 davlat qo‘llab-quvvatladi, 32 davlat betaraf qoldi. Yetti davlat qarshi chiqdi, bular - Rossiya, Belarus, Shimoliy Koreya, Mali, Nikaragua, Suriya, Eritreya. O‘zbekiston esa betaraf qolgan.

Qarorda aytilishicha, Bosh Assambleya BMTga a’zo davlatlar va xalqaro tashkilotlarni «BMT Nizomiga muvofiq Ukrainada keng qamrovli, adolatli va barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni ikki barobar qo‘llab-quvvatlashga» chaqiradi.

BMT Bosh Assambleyasi, shuningdek, Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasida birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Qaror Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga, jumladan turar-joy binolari, maktablar va shifoxonalarga hujum qilishdan tiyilishga chaqiradi. Ushbu hujjat, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan farqli o‘laroq, majburiy xarakterga ega emas.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyada betaraf qoldi