18:55 / 24.02.2023
1 674

Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar ommaviy norozilik mitingi o‘tkazdi

Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar ommaviy norozilik mitingi o‘tkazdi

Foto: Videodan kadr

Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘zbekistonlik va tojikistonlik mehnat migrantlari ommaviy norozilik mitingi o‘tkazdi. Bu haqda «Nastoyasheye vremya» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 22 fevral kuni Moskva shahridagi Crocus Group kompaniyasiga tegishli qurilish obyektida mehnat migrantlari tomonidan norozilik mitingi o‘tkazilgan. Ishchilar 4 oydan beri maosh berilmayotganiga e’tiroz bildirishgan. Namoyishchilarni tarqatish uchun qo‘riqchilar travmatik qurollardan havoga o‘q uzgan.

Manba xabariga ko‘ra, Crocus Group kompaniyasi ozarboyjonlik tadbirkor Oraz Agalarovga tegishli bo‘lib, mehnat migrantlari avval ham maosh kechiktirilayotganidan ko‘p marta shikoyat qilishgan.

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bunday mojaro yuz berganini tasdiqladi.

Agentlik xabaridan ma’lum bo‘lishicha, mojarodagi tomonlar o‘rtasida jismoniy to‘qnashuv yuz bergan, ishtirokchilardan ba’zilari politsiya tomonidan hibsga olingan.

«Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli uyushtirilgan norozilik harakati oqibatida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasida jismoniy kuch ishlatilgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lashga va’da bergan. Ushbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q», deyiladi xabarda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar ommaviy norozilik mitingi o‘tkazdi