06:00 / 25.02.2023
720

Zelenskiy: “Uchinchi jahon urushi bo‘lishi xavfi bor”

Zelenskiy: “Uchinchi jahon urushi bo‘lishi xavfi bor”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermasligiga umid qilishini aytdi va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda uning Kiyevdagi matbuot anjumanidagi nutqiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Men Xitoy adolatli dunyo tarafida bo‘lishiga ishonmoqchiman, bu Ukraina tomonda bo‘lishni anglatadi. Sizga rostini aytaman, Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermasligiga chindan ham ishonishni xohlayman. Bu men uchun juda muhim”, — dedi u.

Ukraina prezidenti Rossiyaga Xitoy qurollari yetkazib berilishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini qayd etdi. “To‘g‘risini aytsam, bu uchinchi jahon urushi bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, — dedi Ukraina rahbari.

Shuningdek, u Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Avvalo, men Si Szinpin bilan uchrashishni rejalashtirmoqdaman. Bu davlatlarimiz manfaati va jahon xavfsizligiga xizmat qilishiga ishonaman. Xitoy bilan savdo aylanmamiz katta. Bu faqat urush haqida emas. Gap shundaki, biz iqtisodiy munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor davlatlarmiz. Bilishimcha, Xitoy hududiy yaxlitlikni hurmat qiladi, demak, Rossiya hududimizdan chiqib ketishi uchun hamma narsani qilishi kerak. Chunki bu suverenitet va hududiy yaxlitlikka hurmat qilishni bildiradi”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Der Spiegel nashri rossiyalik harbiylar xitoylik dron ishlab chiqaruvchilar bilan kamikadze dronlarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandi. Fevral oyi boshida AQSH hukumati vakillari ham Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berishni boshlashi mumkinligi haqida gapirgan.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishining bir yilligi munosabati bilan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 12 banddan iborat Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini taqdim etdi. Ular orasida bir tomonlama sanksiyalarni va Sovuq urushni rad etish o‘rin olgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “bu Xitoyning tinchlik rejasi” emasligi, balki Pekinning “fikrlari” ekanini aytdi, ammo Xitoy Ukraina haqida gapira boshlaganini “juda yaxshi” deb baholadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: “Uchinchi jahon urushi bo‘lishi xavfi bor”