07:30 / 26.02.2023
966

Qozog‘iston TIV Ukraina urushiga doir bayonot berdi

Qozog‘iston TIV Ukraina urushiga doir bayonot berdi

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Ukraina ziddiyati borasida Xitoy rasmiy pozitsiyasiga munosabat bildirdi.

«Qozog‘iston Respublikasi Xitoy Xalq Respublikasining Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasini ma’qullaydi. Bu (tashabbus) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tamoyillari asosida, hududiy yaxlitlik, mustaqillik va suverenitet negizida qon to‘kilishini to‘xtatishga xizmat qilishi bilan e’tirofga loyiqdir. Fikrimizcha, bu muammoni xalqaro huquq va BMT tamoyillari asosida tinch yo‘l bilan hal qilishdan boshqa muqobil yechim yo‘q», – deyiladi bayonotda.

Rasmiy Ostonaga ko‘ra, harbiy mojaroda ishtirok etuvchi tomonlar xayrixohlik ko‘rsatib, urushni to‘xtatishi va muzokara stoliga o‘tirishi, jahon hamjamiyati esa inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga hissa qo‘shishi maqsadga muvofiqdir.

«Shu bilan birga, Qozog‘iston Xitoy Xalq Respublikasining Global xavfsizlik tashabbusi konsepsiyasida belgilangan dolzarb masalalar bo‘yicha davlatlarimiz taklif etayotgan yechimlar mushtarak ekanini qayd etadi», – deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 fevral kuni rasmiy Pekin «Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha Xitoy pozitsiyasi» nomli hujjat e’lon qildi. Xitoy tashqi siyosat mahkamasi saytida chop etilgan 12 bandli hujjatda tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratiga urg‘u berilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston TIV Ukraina urushiga doir bayonot berdi