Turkiya turli shaharlarda kuchli zilzilalardan keyin qulagan binolarga u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan 600 dan ortiq odam tergov qilmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ularning 182 nafari sudgacha hibsga olingan. Bular qurilish pudratchilari, binolarning egalari yoki menejerlari.
Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar olib borilmoqda, ayrim hollarda bino qulagan joylarda yangi dalillar topilgani jinoiy tergov uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, zilziladan keyin qulagan ko‘plab bino va inshootlar davlat standartlariga javob bermaydigan, sifatsiz qurilish materiallaridan foydalangan bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar