329
Avstriya prezidenti O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Avstriya Federal prezidenti Aleksandr Van der Bellen taklifiga binoan, Avstriya rahbarining mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi bilan uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir doirasida Avstriya prezidenti bilan kechgan muloqot chog‘ida ikki tomonlama siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, muhim tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Avstriya prezidenti so‘nggi yillarda O‘zbekiston to‘g‘risida faqat ijobiy xabarlar qabul qilayotganini va mamlakatning yangi ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar