Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimida bo‘lganida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga imkon beradigan bir qator qarorlar qabul qildi. Bu haqda Bundestagdagi mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbari Mari-Agnes Shtrak-Zimmermann RTL va n-tv telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Zimmermanning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning Ukrainaga NATOga a’zo bo‘lishi uchun yo‘l ochishdan bosh tortgani bu boradagi birinchi xato hisoblanadi. 2008 yilda NATOning ko‘plab davlatlari Ukrainaning alyansga muddatidan oldin qabul qilinishi tarafdori bo‘lgani, biroq Germaniya va Fransiya Rossiyaning pozitsiyasi tufayli o‘shanda qarshi chiqqani ta’kidlanadi.
“Bu o‘sha paytda fransuzlar va Angela Merkelning katta xatosi bo‘lgan”, — dedi nemis deputati.
Shuningdek, u Germaniya endi Angela Merkel hukmronligining butun davrini va “ayniqsa, noto‘g‘ri hisob-kitoblarga to‘la so‘nggi bir necha yil tarixini” qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)