10:30 / 06.03.2023
480

«Vagner» Rossiyadagi sport klublari orqali jangchilarni yollayapti

«Vagner» Rossiyadagi sport klublari orqali jangchilarni yollayapti

Foto: Picture Alliance

«Vagner» XHK uchun yollash punktlari Rostov-Don, Tyumen, Samara, shuningdek, Moskvadagi sakkizta sport klublarida ochildi. ISW XHK mahbuslarni yollashdagi to‘siqlar tufayli yangi qabul qilish kanalini yaratmoqda, deb hisoblaydi.

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Rossiyada sport klublari negizida bir nechta yollash markazlarini ochdi. Bu haqda 4 mart, shanba kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi voqealarini har kuni sarhisob qilib boruvchi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lum qildi.

Xabarda ta’kidlanganidek, «Vagner» XHKga qabul qilish punktlari Rostov-Don shahridagi «Antares» sport klubida, Tyumenda boks federatsiyasi binosida, Samarada «Dinamo» sport jamiyati binosida ochilgan. Bundan tashqari, «Vagner guruhi»ning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvadagi sakkizta sport klubi negizida qabul qilish markazlari ish boshlagan.

Bu haqda avvalroq «Vagner» XHK asoschisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin biznesmen Yevgeniy Prigojin aytgan edi. «Vagner» XHKga yangi jangchilarni jalb qilish uchun... biz bir qator shaharlarda qabul qilish markazlarini ochganmiz... Bu markazlar sport klublari negizida joylashgan, u yerga borasiz, siz qanchalik jismonan kuchli ekaningiz tekshiriladi, keyin sizga qanday qilib qabul qilinishingiz aytiladi. Biz bu markazlarga to‘liq ishonamiz, ular bizning qo‘llab-quvvatlovchilarimiz», dedi u.

ISW «Vagner» XHK mahbuslarni yollashdagi to‘siqlar tufayli yangi ishga qabul qilish kanalini yaratmoqda, deb hisoblaydi. Prigojin 9 fevraldayoq bu qaror sabablarini tushuntirmasdan, xususiy harbiy kompaniya mahbuslarni yollashni butunlay to‘xtatganini e’lon qildi. Mart oyi boshida u, shuningdek, XHK «shaxsiy tarkib bilan, shu jumladan mahbuslar bilan to‘ldirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini» aytdi. Avvalroq, Rossiya armiyasidagi mahbuslar endilikda Rossiya Mudofaa vazirligi orqali yollanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo