10:30 / 09.03.2023
666

NATO Baxmut yaqin kunlarda taslim bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi

NATO Baxmut yaqin kunlarda taslim bo‘lishi mumkinligini istisno etmadi

Foto: Reuters

Baxmutning ruslar tomonidan to‘liq egallab olinishi urushda burilish nuqtasi bo‘lmaydi, balki Ukrainaga qo‘shimcha yordam zarurligini ko‘rsatadi, dedi NATO Bosh kotibi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bir necha oylardan beri kurash olib borilayotgan Ukrainaning Baxmut shahri Rossiya qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olinishi ehtimolini tan oldi. «Biz Baxmutning yaqin kunlarda taslim bo‘lishi mumkinligini inkor eta olmaymiz», dedi u 8 mart, chorshanba kuni Stokholmda Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlari bilan uchrashuvi doirasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida «burilish nuqtasi» bo‘lmaydi. «Bu biz Rossiyani past baholamasligimiz kerakligini ta’kidlaydi. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak», - dedi Stoltenberg.

Shu bilan birga, alyans rahbari OAVning «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim 2» gaz quvurlarida qo‘poruvchilik harakatlarida «ukrainaliklar» izi bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu portlashlarni kim amalga oshirgani haqidagi savolga haligacha aniq javob yo‘q, dedi Stoltenberg. «Biz faqat «Shimoliy oqim»ga hujum qilinganini bilamiz. Lekin buning ortida kim turganini aniqlay olmadik», dedi u va davom etayotgan tergovga ishora qilib, uning tugashini kutishga chaqirdi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Baxmutning Rossiya tomonidan qo‘lga olinishi Ukraina sharqidagi muhim shaharlar – Kramatorsk va Slavyanskni zabt etishga yo‘l ochishi mumkinligini aytgan edi. «Biz Baxmutdan keyin ular oldinga borishlari mumkinligini tushunamiz», dedi u 7 mart kuni CNN telekanalida.

O‘z navbatida, Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) 7 martdagi hisobotida ta’kidlaganidek, rus armiyasi Baxmutdan tashqariga chiqish uchun zarur bo‘lgan mexanizatsiyalashgan kuchlarga ega emas va bu shaharga hujumlarda ishlatiladigan taktik «hujum otryadlari» manyovrli urush olib borishga qodir emas. Tahlilchilarning fikricha, Baxmutni qo‘lga kiritgandan so‘ng rus qo‘shinlari g‘arbga - Konstantinovkaga yoki shimoli-g‘arbga - Slavyansk-Kramatorsk tomon harakatlanishi mumkin.

8 mart kuni «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmutning sharqiy qismi bosib olingani haqida bayonot berdi. Uning da’vo qilishicha, Baxmutka daryosining sharqidagi shaharning bir qismi uning yollanma askarlari nazorati ostida.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo