date
views 1 047

Sobiq mudofaa vaziri 12 yilga qamaldi

Sobiq mudofaa vaziri 12 yilga qamaldi

Murat Bektanov

Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov yanvar voqealarida ayblanib, 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 19 yanvardagi voqealardan keyin prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Murat Bektanovni mudofaa vaziri lavozimidan chetlatib, uning o‘rniga Ruslan Jaksilikovni tayinlagan edi.

Keyinroq davlat rahbari Bektanovni yanvar voqealarida «qo‘mondonlik xislatlarini ko‘rsatmagani» uchun qattiq tanqid qiladi. Ko‘p o‘tmay Bektanov qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil boshida Qozog‘istonning yirik shaharlarida ro‘y bergan, zo‘ravonlikka aylanib ketgan namoyishlarni prezident Q.To‘qayev mustaqillikning 30 yillik tarixidagi eng mushkul vaziyat deb baholagan.

Qozog‘iston rahbariga ko‘ra, zo‘ravonlik harakatlari avvaldan rejalashtirilgan holda, hokimiyatni bosib olish maqsadida, xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan jangarilar tomonidan sodir etilgan.

Yanvar voqealarida 238 nafar fuqaro halok bo‘lgani ochiqlangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq mudofaa vaziri 12 yilga qamaldi