16:23 / 11.03.2023
521

Zaporijjyaning bosib olingan qismida «xalq militsiyasi» tuziladi

Zaporijjyaning bosib olingan qismida «xalq militsiyasi» tuziladi

Zaporijjya viloyatining bosib olingan qismidagi «hokimiyat» mahalliy aholini Ukrainaga qarshi urushga jalb qilish maqsadida «xalq militsiyasi»ni tuzmoqda, deb xabar berdi Melitopol meri Ivan Fedorov milliy telemarafon efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli buyruqni okkupatsion «ma’muriyat» rahbari Yevgeniy Balitskiy bergan.

«Gauleyter Balitskiy uchinchi marta okkupatsiyadagi odamlarni Rossiya uchun jang qilishga majburlamoqchi. Bir yil oldin u «Kazaklar otryadlari» deb nomlangan, go‘yoki jamoat tartibini himoya qilish uchun tuzilgan bo‘linmalarni yaratdi, ular Moskva patriarxati cherkovi hududida joylashgan edi. Keyin ular bosib olingan hududdan ko‘ngillilarni jalb qilgan Sudoplatov nomidagi polkni tuzdilar, unga egallab olingan hududdagi ko‘ngillilar jalb qilinmoqchi edi, biroq yetarlicha ko‘ngillilar kelib qo‘shilmagan. Endi esa tartibni saqlash uchun yana «xalq militsiyasi»ni tuzishga buyruq berdi», dedi Fedorov.

Uning ta’kidlashicha, zaporijjyalik kollaboratsionistlar 2014 yilda Donetsk va Luhansk viloyatlarining bir qismi bosib olingandan so‘ng tashkil etilgan «xalq militsiyasi» va keyinchalik tan olinmagan «DXR» hamda «LXR»ning «armiya korpusi»ga aylantirilgan «Donetsk ssenariysi» bo‘yicha harakat qilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo