Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Kiyevga Qrimga qarshi hujum uyushtirishda yordam berishi mumkin. Sharhlovchi Stiven Brayenning bu haqdagi maqolasini Asia Times nashr etdi.
«Ukraina jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan bahorgi hujum Kiyevda emas, balki Pentagonda rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin», deyiladi maqolada.
Muallif Ukraina tomonidan yarim orolga hujum qilish ehtimoli yuqori deb hisoblamoqda. U AQSH bu maqsadga erishish uchun Kiyevga juda katta miqdordagi harbiy texnika berayotganiga e’tibor qaratdi.
«Ayni paytda yana qancha Amerika kemalari okeanda ekanligi yoki boshqa portlarga yetib borgani hozircha noma’lum. Ammo ma’lumki, NATO Ukraina hujumi boshlanishi bilanoq texnikalarni yuborishga tayyorlanmoqda», dedi Brayen.
U Vashington Qrimdagi operatsiyalar uchun Kiyevga aviatsiya berishi mumkinligini oldi. Sharhlovchiga ko‘ra, AQSH samolyotlariga Ukraina belgilari chizilishi, ammo ularni amerikalik yoki NATO uchuvchilari boshqarishini kutish mumkin.
Avvalroq AQSH Davlat departamenti rahbari o‘rinbosari Viktoriya Nuland Qrimdagi rus harbiy obyektlari Ukraina uchun qonuniy nishon ekanini ma’lum qilgandi. Biroq, uning ta’kidlashicha, yarim orol bilan ishlashdan oldin Kiyev boshqa «muhim hududlarni» qaytarishi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring