date

Germaniyada o‘tkazilgan rok-festivalda 42 kishini chaqmoq urdi

Germaniyada o‘tkazilgan rok-festivalda 42 kishini chaqmoq urdi

Germaniyada o‘tkazilgan Rock am Ring rok-festivali o‘tkazilish jarayonida chaqmoq urishi oqibatida 42 kishi jabrlangan, shundan 8 kishi kasalxonaga olib ketilgan, 1 kishi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Voqea 3 iyun kuni, Germaniyaning Mending shahrida o‘tkazilayotgan konsert paytida ro‘y bergan. Voqea joyiga huquq-tartibot idorasi, yong‘in xavfsizlik bo‘limi, nemis Qizil xoch jamiyati xodimlari etib kelishgan.

Konsert vaqtincha to‘xtatilgan, ammo bir yarim soatlardan keyin yana davom etgan. Bu festivalda 90 ming kishi ishtirok etgan.
Rock am Ring — dunyoning eng katta va mashhur rok-festivali bo‘lib, 1985 yilda beri Germaniyada har yili iyun oyining birinchi dam olish kunidan boshlanib, to‘rt kun mobaynida davom etadi. Festival tashkil eitlgan beri unda Erik Klepton, Bob Dilan, The Who, AC/DC, Deep Purple, Scorpions, Dio, Van Halen, Rolling Stones, Ozzi Osborn kabi mashhurlar qatnashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada o‘tkazilgan rok-festivalda 42 kishini chaqmoq urdi