Kecha, 15 mart kuni AQSHda 400 yilga qamalgan 57 yoshli Sidni Xolms Brovard okrugi (Florida) qamoqxonasidan ozodlikka chiqdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Xolms 1988 yilda qurolli talonchilikka aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan. Ammo uning jinoyatga aloqasi bo‘lmagan.
Prokuratura Xolmasni ayblab, suddan uni 825 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qilgan. Chunki Xolms ilgari ham xuddi shunday jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lgan. Yakunda sud uni 400 yilga ozodlikdan mahrum etgan.
2020 yilda Xolms ishni qayta ko‘rib chiqishlarini so‘rab murojaat qilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, prokuratura uni ayblangan jinoyatga aloqasi yo‘qlini tasdiqlagan.
Shundan so‘ng, u joriy yilning 15 mart kuni ozodlikka chiqarilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar