date
views 386

Bashar Asad: Suriya xalqi maxsus harbiy operatsiyada Rossiya g‘alaba qozonishini istaydi

Bashar Asad: Suriya xalqi maxsus harbiy operatsiyada Rossiya g‘alaba qozonishini istaydi

Suriya xalqi Rossiyani Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlamoqda. Rossiya Federatsiyasi g‘alaba qozonganidan keyin dunyo xavfsizroq va tinchroq bo‘ladi, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad.

Albatta, Suriya xalqi bir qancha sabablarga ko‘ra Rossiyani katta ishtiyoq bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Bir tomondan, bu birdamlik, chunki Rossiya Federatsiyasi terrorizmga qarshi kurashda suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlagan, boshqa tomondan, bu mojaroga globalroq qarash mavjud: aynan mana shu mojaro butun dunyo muvozanatini o‘zgartira boshladi, chunki Suriya, Iroq va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi azob-uqubatlarning bir qismi bir qutbli dunyo sabablidir”, — dedi Asad.

Unga ko‘ra, ko‘pchilik suriyaliklar maxsus harbiy operatsiyada Rossiya g‘alaba qozonishini istaydi.

Rossiya Federatsiyasi bu mojaroda g‘alaba qozonsa, ko‘pchilik suriyaliklar orzu qilganidek, yangi dunyo albatta paydo bo‘ladi - xavfsizroq va tinchroq”, — dedi Asad.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asad: Suriya xalqi maxsus harbiy operatsiyada Rossiya g‘alaba qozonishini istaydi