17:10 / 19.03.2023
500

Putin bosib olingan Mariupolni mashinada aylandi (video)

Putin bosib olingan Mariupolni mashinada aylandi (video)
Prezident Vladimir Putin 19 mart kuni Mariupolga bordi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Kreml matbuot xizmatiga tayanib.
 
Ma’lum qilinishicha, u vertolyotda yetib borgan, so‘ng mashina haydab, ora-orada to‘xtagan holda shahar tumanlari bo‘ylab aylangan. Putin u yerda bir necha obyektlarni ko‘zdan kechirib, mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.
 
Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin prezidentga shahar va uning atrofida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari haqida ma’lumot bergan.
 
Xususan, yangi mikrorayonlar, ijtimoiy-ma’rifiy obyektlar, uy-joy kommunal infratuzilmasi, tibbiyot muassasalarini barpo etish haqida so‘z bordi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Marat Xusnullin so‘zlariga ko‘ra, shahar markazini rekonstruksiya qilish ishlari yil oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda, odamlar shahar tiklanayotganini ko‘rib qaytishni boshlagan.
 
Nevskiy mikrorayonida Putin mahalliy aholi bilan suhbatlashga,  bir oila taklifiga ko‘ra ularnikida mehmon ham bo‘lgan. Shuningdek, qirg‘oq bo‘yi, yaxta-klub hududi, shaharning tarixiy joylarini borib ko‘rgan.
 
Shundan so‘ng u Rostov-Donga jo‘nab, u yerdagi “maxsus harbiy operatsiya” qo‘mondonlik punktida yig‘ilish o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin bosib olingan Mariupolni mashinada aylandi (video)