Foto: Telegram
Xitoy raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Rossiyaga yetib keldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Xitoy delegatsiyasi bo‘lgan bort 20 mart kuni Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ngan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasidagi uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 16:30 da bo‘lib o‘tadi. Bu yuzma-yuz muloqot bo‘lib, norasmiy tushlik bilan davom etadi.
Rossiya—Xitoy prezidentlari o‘rtasidagi rasmiy muzokaralar 21 mart soat 15:00 da boshlanadi. Si Szinpin va Vladimir Putin ikki tomonlama munosabatlardan tashqari Pekin tomonidan Ukrainada tinchlikni o‘rnatish rejasini ham muhokama qiladi.
“Albatta, Ukraina kun tartibi masalasidan o‘rin oladi”, — deydi Peskov.
Fevral oxirlarida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekinning Ukrainadagi keng ko‘lamli urushga yakun yasash rejasini e’lon qilgandi. Hujjat “Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi” deb nomlanadi. Xalqaro jinoiy sud Xitoy raisining tashrifidan bir necha kun oldin Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berdi. Ular ukrainalik bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishda ayblanmoqda.
Si Szinpin1, Rossiya1, Davlat tashrifi1, Xitoy raisi1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”