![Vladimir Putin va Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi: asosiy bayonotlar](https://storage.kun.uz/source/9/2XTzLp4Zn_k6qaF5ZamZbzcvJvvaYvzJ.jpg)
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi. «Kommersant’» davlat rahbarlarining bayonotidan qisqacha iqtiboslar keltirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin:
- Muzokaralar muvaffaqiyatli va konstruktiv tarzda o‘tdi;
- Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajada;
- Xitoy tinchlik rejasining ko‘plab qoidalari Ukrainadagi kelishuv uchun asos sifatida olinishi mumkin. Ammo oldin G‘arb va Kiyev bunga tayyor bo‘lishi kerak;
- Kiyevga boyitilmagan uranli qurollarni yetkazib berish rejalari G‘arb Rossiyaga qarshi so‘nggi ukrainalik qolgunga qadar «so‘zda emas, amalda» kurashmoqchi ekanini anglatadi;
- Ko‘pgina xalqaro masalalarda Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari yaqin yoki mos keladi;
- Mo‘g‘uliston bilan «Sila Sibiri 2» gaz quvuri bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishildi;
- Rossiya Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan hisob-kitoblarda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdori;
- Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish ko‘paytiriladi, Moskva neft yetkazib berishni uzluksiz oshirishga tayyor;
- Rossiya biznesi Xitoyning energiyaga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabini qondirishga qodir;
- Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda tarixiy rekord — 185 milliard dollarga yetdi;
- Rossiyadan Xitoyga go‘sht va don eksportini sezilarli darajada oshirish imkoniyatlari mavjud;
- Rossiya va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda;
- Xitoy Uzoq Sharqning iqtisodiy rivojlanishida Rossiyaning yetakchi hamkoriga aylandi;
- Rossiya va Xitoy Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi organ yaratishga tayyor;
- Rossiya SHHT doirasida sport uyushmasi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Moskva va Pekin axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va sun’iy intellekt sohasida jahon yetakchilariga aylanishi mumkin;
- Rossiya o‘z hududidan chiqib ketgan korxonalarni almashtirishda Xitoy biznesini qo‘llab-quvvatlashga tayyor;
- Rossiya anti-kovid cheklovlarini bekor qilinishi kontekstida Xitoy bilan talabalar almashinuvini bir necha marta oshirishga umid qilmoqda;
Xitoy rahbari Si Jinping:
- Putin bilan muzokaralar samimiy va do‘stona o‘tdi;
- Xitoy-Rossiya aloqalari hozirgi dunyo tizimi uchun juda muhimdir;
- Savdo hajmining o‘sishi Rossiya va Xitoyga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga turtki berdi;
- Xitoy BMT Nizomi tamoyillariga amal qilgan holda Ukraina inqirozi bo‘yicha xolis pozitsiyaga ega;
- Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida tinchlik va muloqot tarafdori;
- Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlariga amal qilishda davom etadi;
- Xitoy va Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish uchun konstruktiv kuch yaratadi;
- Savdoda, jumladan, IT-sohasida, resurslar savdosida kompleks rejalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar