![Zelenskiy Harkivga «Qahramon shahar» faxriy unvonini berdi](https://storage.kun.uz/source/9/gZqOLZfAeFEjUx5-M2jrkaSu09pSczNF.jpg)
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Harkiv shahriga «Ukraina qahramon shahri» faxriy unvonini berdi.
«Men «Ukraina qahramon shahri» faxriy mukofotini Harkiv meri Igor Terexovga topshirdim... Bu (shahar) davlatimizning boshqa shaharlari bilan yonma-yon mustaqilligimizni himoya qilmoqda», dedi Ukraina prezidenti.
Shuningdek, Zelenskiy Harkivni rus bosqinchilaridan himoya qilishda qahramonlik ko‘rsatgan jangchilarga Bogdan Xmelnitskiy, Daniil Galitskiy va «Jasorat uchun» medallarini topshirdi.
Zelenskiy istehkomlarni mustahkamlash, infratuzilmani tiklash, aholiga yordam ko‘rsatish va Harkiv viloyatining barcha aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazganini ta’kidladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarining Baxmut yo‘nalishidagi bo‘linmalariga tashrif buyurgani ma’lum bo‘lgan edi. Zelenskiy askarlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar