05:00 / 24.03.2023
49

Rossiyada ayrim migrantlarga daromad solig‘iga 50 % gacha chegirma beriladi

Rossiyada ayrim migrantlarga daromad solig‘iga 50 % gacha chegirma beriladi
 Rossiyada ayrim migrantlarga daromad solig‘iga 50 % gacha chegirma berilishi mumkin. Bu haqda Rossiya IIVning migratsiya bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
 
Valentina Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, belgilangan avans shaklida to‘lanadigan daromad solig‘iga rus tilini, tarix va qonunchilik asoslarini bilish darajasiga qarab, chegirma koeffitsiyentini joriy etish taklif qilinmoqda.
 
Quyidagi chegirmalar ko‘zda tutilgan:
  • bazaviy bilim uchun – 10%;
  • o‘rtacha daraja uchun – 15%;
  • eng yuqori daraja uchun – 20%;
  • rus tilida erkin so‘zlashuvchilar uchun – birdaniga 50%.
Ta’kidlanishicha, bu rus tilini o‘rganish ishtiyoqini oshirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo