date
views 177

Rossiya Ukrainadagi urushga 400 ming kontraktchi jangchini chaqirmoqchi

Rossiya Ukrainadagi urushga 400 ming kontraktchi jangchini chaqirmoqchi
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi oldinga siljishda sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmaganidan keyin Kreml Ukrainaga navbatdagi hujum rejalaridan voz kechgan.
 
Buning o‘rniga, Rossiya rasmiylari Ukraina qo‘shinlarining yaqin kelajakda boshlanishi mumkin bo‘lgan hujumini to‘xtatishga e’tibor qaratish uchun shartnoma asosidagi askarlarni faol ravishda yollamoqchi.
 
Agentlik manbalariga ko‘ra, bir yil ichida Rossiyada 400 mingga yaqin harbiy kontraktchini jalb qilish rejalashtirilgan. Bu mamlakatda «yangi safarbarlik to‘lqinining va natijada aholi o‘rtasida norozilik paydo bo‘lishining oldini olishga» yordam beradi.
 
Bloomberg xabariga ko‘ra, gubernatorlar allaqachon harbiylarni yollash kvotalarini olgan. Dastlabki bosqichda hokimiyat tajribali harbiy xizmatchilar va qishloq aholisini jalb qilishga intiladi.
 
Ammo, Amerikaning RAND korporatsiyasi katta ilmiy xodimi Dara Massikot bunchalik ko‘p jangchini yig‘ib bo‘lmasligiga ishonchi komil.
 
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, safarbarlikni ommaviy ravishda kontraktchi askarlarni yollash bilan almashtirish qarori 2023 yil oxirida Vladimir Putinning prezidentlik kampaniyasi boshlanishi bilan bog‘liq.
 
Kremlning «siyosiy vaziyatni qattiq nazorat qilishiga» qaramay, millionlab rossiyaliklarning uyiga urush olib kiruvchi safarbarlik kabi harakat saylovlarda «qaqshatqich g‘alaba»ga erishishni murakkablashtirishi mumkin.
 
Bundan tashqari, deb yozadi Bloomberg, Putinning fikricha, agar Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina qo‘shinlarining yangi hujumlarini qaytara olsa, Yevropa davlatlari va AQSH tomonidan Kiyevni qo‘llab-quvvatlash zaiflashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainadagi urushga 400 ming kontraktchi jangchini chaqirmoqchi