date
views 75

AQSH prezidenti: Xitoy hali Rossiyaga urush uchun qurol yetkazib bermadi

AQSH prezidenti: Xitoy hali Rossiyaga urush uchun qurol yetkazib bermadi
Foto: Reuters
Qo‘shma Shtatlar Xitoy haligacha Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun qurol yetkazib bermagan, deb hisoblaydi.
 
«Oxirgi uch oy davomida Xitoy Rossiyaga katta miqdordagi qurol-yarog‘ yetkazib bermoqchi, deb eshitdim, - dedi AQSH prezidenti Jozef Bayden Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. - Ular hali yetkazib berilgani yo‘q».
 
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar va Kanada Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, deb ta’kidladi Oq uy rahbari Kanada parlamentidagi nutqida.
 
Bundan tashqari, Vashington va Ottava NATO ittifoqchilariga sodiqligini ta’kidladi. «Biz ittifoqimizni mustahkam va birdam holda saqlab qolamiz. NATO hududining har qarichini himoya qilamiz», - dedi Bayden.
 
Moskvaga tashrif buyurgan Xitoy rahbari Si Jinping Rossiyaning Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishiga intilmaydi, chunki bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yanada zaiflashtiradi, Xitoy esa uni ag‘darib, Kremldagi hokimiyatni o‘zgartirishdan manfaatdor emas, deydi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari Kristof Hoysgen.
 
Nemis diplomati 21 mart kuni ZDF telekanalida Putin bu qaramlikdan o‘z maqsadlari uchun foydalanayotgan Si Jinpingga nihoyatda bog‘liq ekanini aytdi. Moskvaga kelgach, Xitoy rahbari, aslida, Rossiya prezidentini «kelasi yili qayta saylanishi» bilan tabrikladi, dedi Hoysgen.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Si Jinping Rossiyani jahon sahnasida AQSH, Yevropa va xalqaro qonunlarga rioya qilishni yoqlovchi boshqa demokratik davlatlarga qarshi turadigan avtoritar davlatlar lagerida saqlab qolish uchun harakat qiladi. Shuning uchun, «u Putin zaiflashishini xohlaydi, Xitoy tomonida qat’iy qolishi uchun uni qo‘llab-quvvatlamoqchi», deydi Hoysgen.
 
Shu bilan birga, u SSSRdagi qayta qurishni esladi va Rossiyada hokimiyat o‘zgargan taqdirda, XXR nomaqbul deb hisoblagan G‘arbga burilish yana sodir bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti: Xitoy hali Rossiyaga urush uchun qurol yetkazib bermadi