23:20 / 25.03.2023
309

Ottavada xavfsizlik xodimi vokzalda namoz o‘qigani uchun musulmon kishiga e’tiroz bildirdi

Ottavada xavfsizlik xodimi vokzalda namoz o‘qigani uchun musulmon kishiga e’tiroz bildirdi
Kanadaning Via Rail kompaniyasi ishchisi Ottavadagi temir yo‘l vokzalida musulmon erkakdan namoz o‘qimaslikni so‘ragani uchun ishidan bo‘shatildi.
 
CTV News Ottawa payshanba kuni xabar berishicha, o‘zini Ahmad deb tanishtirgan musulmon endigina bo‘sh yo‘lakda namoz o‘qib bo‘lganidan keyin qo‘riqchi unga yaqinlashib: “Bu yerda namoz o‘qima... Keyingi safar tashqarida namoz o‘qigin”, degan.
 
Ahmadning axborot kanaliga aytishicha, voqea dushanba kuni Kanada poytaxtidagi vokzalda yuz bergan.
 
Ottawa Citizen veb-saytiga ko‘ra, keng tarqalgan voqea videosida qo‘riqchi erkakka uning namozi stansiyaning boshqa foydalanuvchilariga xalaqit berayotganini aytgan.
 
Via Rail Ahmad va butun musulmon jamoasidan uzr so‘radi va to‘liq tergov o‘tkazishga hamda uning xulosalari asosida “tegishli chora” ko‘rishga va’da berdi.
 
Via Rail va Kanada musulmonlari milliy kengashi fuqarolik huquqlari va himoyasi guruhi "baxtsiz hodisa" deb baholangan voqeani muhokama qilish uchun o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, har ikki tomon konstruktiv muzokaralar o‘tkazganligi va xavfsizlik xodimi bu borada noto‘g‘ri harakat qilgani haqida qo‘shma bayonot tarqatdi.
 
"Suhbat umumiy maqsadlarga qaratildi, ya’ni Via Rail yo‘lovchilar va xodimlar diniy erkinlik, jumladan, ibodat qilish imkoniyatini amalda his qilishda o‘zlarini xavfsiz his qiladigan inklyuziv muhitni ta’minlashga qaratilgan", deyiladi bayonotda.
 
Soqchi Ahmadga: “Bu yerda namoz o‘qishingni xohlamaymiz. Sen boshqa mijozlarimizni bezovta qilyapsan, tushundingmi?", degan.
 
Ahmad CTV News telekanaliga bergan intervyusida voqeadan hayratda qolganini, ranjiganini va unga nisbatan hurmatsizlik qilinganini aytdi.
 
U: “U meni xijolatga soldi. Men ranjidim. Nahot bu Kanada? Nahot bu yer mamlakat poytaxti? Nahot shu yer Ottava bo‘lsa?", deya ajablanganini aytdi.
 
Via Rail rasmiylarining ta’kidlashicha, firma o‘zining inklyuziya siyosatini Kanada musulmonlari milliy kengashi (KMMK) bilan baham ko‘radi va kengash bilan bilan kelajakda ushbu hodisalarning oldini olishga yordam beradigan zarur islohotlar ustida ishlaydi.
 
Temir yo‘l kompaniyasi, shuningdek, islomofobiya va har qanday kamsituvchi xatti-harakatlarni keskin qoralashini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo