07:05 / 26.03.2023
311

Putin Armanistonga borsa qamog‘ga olinishi mumkin

Putin Armanistonga borsa qamog‘ga olinishi mumkin
Armaniston Konstitutsiyaviy sudi Xalqaro jinoiy sudning (XJS) Rim statutida belgilangan majburiyatlarni mamlakatning asosiy qonunchiligiga muvofiq, deya tan oldi. Bu haqda 24 mart kuni armanistonning News.am nashri xabar bergan.
 
Sudning hal qiluv qarori qat’iy hisoblanadi va u e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Endi Rim statuti Armaniston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.
 
Armaniston hukumati Ozarbayjonni Qorabog‘ bo‘yicha ikki tomonlama mojaro paytida sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish maqsadida 2022 yil oxirida Rim statutini tan olish uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilgan edi.
 
Nizom 1998 yilda imzolangan, ammo Armaniston hozirgacha uni ratifikatsiya qilmagan, chunki 2004 yilda Konstitutsiyaviy sud shartnoma majburiyatlarini o‘sha paytda amalda bo‘lgan mamlakat konstitutsiyasining bir qator qoidalariga zid deb tan olgan.
 
Armaniston Konstitutsiyaviy sudining qarori XMKning Haagadagi dastlabki tergov palatasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order berganidan bir hafta o‘tib ma’lum bo‘ldi. Ular harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.
 
Moskva 2022 yil 24 fevralda Rossiya harbiylarining Ukrainaga hujumi ortidan Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlarga aloqadorligini rad etadi. Rossiya Xalqaro sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi va uning ishida ishtirok etmaydi. 2016 yildan beri u sudning faoliyatini belgilaydigan Rim statutining ishtirokchisi emas. O‘z navbatida, XJS harbiy jinoyatlarni tergov qilish va jazolashda davlat rahbarlarining daxlsizligini tan olmaydi.
 
Putin uchun uni hibsga olishga berilgan XJS orderi u Rim nizomini ratifikatsiya va XJS yurisdiksiyasini qabul qilgan mamlakatlarga endi kira olmasligini anglatadi, chunki mahalliy hokimiyat uni hibsga olishga majbur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo