21:28 / 26.03.2023
975

Rossiyalik siyosatchi Putinning korteji qay darajada himoyalanganini aytdi

Rossiyalik siyosatchi Putinning korteji qay darajada himoyalanganini aytdi
Foto: “RIA Novosti”
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kortejiga Pansir zenit-raketa majmuasi (havo hujumidan mudofaa vositasi sifatida foydalaniladi) hamrohlik qiladi. Bu haqda rossiyalik siyosatshunos Stanislav Belkovskiyga tayanib, UNIAN xabar berdi.
 
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Moskvada havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya prezidenti o‘tirgan avtomobilni dronlarning ehtimoliy hujumidan himoya qiladi.
 
Rossiya prezidenti allaqachon Pansir havo mudofaa tizimi hamrohlik qilgan kortejda harakatlanadi. Mazkur tizim kortejga ehtimoliy dron hujumining oldini oladi”, — deydi Belkovskiy.
 
Uning ta’kidlashicha, Putin korteji ikkita Aurus avtomobilidan (Rossiya prezidenti safari uchun maxsus ishlab chiqilgan mashina) iborat.
 
Putin qaysi mashinada harakatlanayotgani noma’lum bo‘lishi uchun ikkita Aurus'da yuradi. Lekin bu davlatlar rahbarlari uchun odatiy amaliyot. U hozipda ikkita tank, shahar bo‘ylab Pansir nazoratidagi kortejda harakatlanadi”, — deydi u.
 
Ma’lumot o‘rnida, 2022 yil Turkmaniston prezidenti uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan Aurus Senat Limousine zirhli mashinasi sotib olingandi. 
Foto: Xronika Turkmenistana
Serdar Berdimuhamedov 2022 yil 10 iyun kuni Rossiyaga tashrifi chog‘ida aynan shu mashinada harakatlangan. Aurus dunyodagi eng yuqori ballistik himoyaga ega va eng xavfsiz avtomobil hisoblanadi.
 
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 2019 yil avgust oyida Turkmanboshi shahriga tashrifi chog‘ida o‘sha paytdagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga Rossiyaning Aurus avtomobilini sotgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo