07:00 / 27.03.2023
366

Putin Si Szinpin bilan muzokaralarda asosiy urg‘u nimaga qaratilganini aytdi

Putin Si Szinpin bilan muzokaralarda asosiy urg‘u nimaga qaratilganini aytdi
Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralarda asosiy urg‘u iqtisodiyotga qaratildi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
 
Bu to‘rt soat davomida biz barcha jabhalarda, birinchi navbatda, iqtisodiy soha haqida gaplashdik va asosiy urg‘u shunga qaratildi”, — dedi Putin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.
 
Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk safari bo‘ldi. 20 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, 21 mart kuni esa delegatsiyalar ishtirokida Rossiya-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
 
Tashrif doirasida 2030 yilgacha Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasi bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo