08:00 / 28.03.2023
218

Polshada yana bir rus josusi hibsga olindi

Polshada yana bir rus josusi hibsga olindi
Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda aybini tan olgan shaxs 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Gdansk tuman prokuraturasining xabar berishicha, u yanvar oyidan buyon Polshadan qo‘nim topgan.
 
Gdansk tuman prokuraturasi matbuot kotibi Grajina Vavrinyukning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi o‘tgan seshanba kuni qo‘lga olingan. U allaqachon 3 oyga vaqtincha hibsga olingan. Unga 10 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
 
Tergovchilarning xulosasiga ko‘ra, erkak rossiyaliklarga, jumladan, Pomorsk va Kuyavsko-Pomorskom voyevodaliklaridagi muhim infratuzilma hamda xavfsizlik uchun mas’ul xizmatlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plagan va yetkazgan.
 
So‘roq paytida qo‘lga olingan shaxs josuslik faoliyatiga iqror bo‘ldi. U, shuningdek, Rossiya razvedkasi tomonidan yollangan vaziyatini ham tavsiflab berdi.
 
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi Polshada josuslik faoliyatiga ko‘ndirilgan. Erkak kamida 2023 yil yanvaridan beri Rossiya xizmati topshirgan vazifalarni bajarib kelgan, deya tushuntirdi prokuror Vavrinyuk.
 
Prokuratura hibsga olingan shaxs (uning yoshi, millati va h.k.) va qanday sharoitlarda hibsga olingani haqida batafsil ma’lumotni oshkor etmaydi.
 
Vazir o‘rinbosari, maxsus xizmatlar muvofiqlashtiruvchisi Stanislav Jarin bugun Belarus maxsus xizmatlarida ishlagan yana bir xorijlik qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
 
To‘plangan materiallar gumonlanuvchi Polsha Respublikasi xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan obyektlar, jumladan, Polsha Qurolli kuchlari bilan bog‘liq obyektlar bo‘yicha razvedka ishlarini olib borganini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarlarida.
 
"Mart oyi o‘rtalarida Polsha razvedka xizmatlari Rossiya uchun ishlagan josuslik tarmog‘ini yo‘q qilganini aniqlandi. Guruh mamlakatimizda qo‘poruvchilik faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishi kerak edi. Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari mazkur holat yuzasidan 6 kishini qo‘lga olib, tarmoq faoliyati munosabati bilan mamlakatimizning temir yo‘llari va muhim infratuzilma obyektlarida yuqori darajadagi hushyorlik rejimi joriy etildi", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo