Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov taekvondo WTF bo‘yicha 9-dan qora belbog‘ sohibiga aylandi, deya xabar qilmoqda “Bishkek 24”.
Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi rahbari Akilbek Japarovning Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chun Von Cho bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida federatsiya rahbari Qirg‘iziston prezidentiga faxrli 9-dan qora belbog‘ topshirilishini ma’lum qildi.
Shu tariqa Sadir Japarov 9-dan qora belbog‘ sohibiga aylangan ilk qirg‘izistonlik bo‘ladi. Bu taekvondodagi eng yuqori kvalifikatsiya hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: 2014 yilda Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev taekvondo WTF tomonidan ushbu maqomga loyiq ko‘rilgandi. Tashkilot 2013 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ham faxrli 9-dan qora belbog‘ topshirgan, biroq 2022 yilning mart oyida Ukrainadagi harbiy harakatlar sabab Putin ushbu maqomdan mahrum etilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar