Nyu-York hakamlar hay’ati Trampga ayblov qo‘yishni yoqlab ovoz berdi

Dunyo1 daqiqa o'qish187
Nyu-York hakamlar hay’ati Trampga ayblov qo‘yishni yoqlab ovoz berdi
Nyu-York hakamlar hay’ati Trampga ayblov qo‘yishni yoqlab ovoz berdi
Foto: Reuters
Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati sobiq aktrisa Stormi Daniyelsga jim bo‘lish uchun pul to‘lash ishining bir qismi sifatida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun ovoz berdi. Manhetten okrugi prokurori Alvin Braggning 31 mart, juma kuni Twitter'da e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, prokurorlar Trampning advokati bilan bog‘lanib, uni tuman prokuraturasiga kelishini muvofiqlashtirgan.
 
Prokuror qo‘shimcha ma’lumotni ayblov qo‘yish muddati belgilanganidan keyin berishga va’da qildi. The New York Times gazetasining yozishicha, yaqin kunlarda ayblov e’lon qilinadi. AQSH sobiq prezidentiga qanday ayblovlar qo‘yilishi hozircha ma’lum qilinmagan.
 
Amerikaning CNN va NBC telekanallari siyosatchining advokati Jo Takopinaga tayanib, Tramp kelasi hafta sudga kelishi mumkinligini xabar qilmoqda. Bu AQSH tarixida birinchi marta mamlakatning amaldagi yoki sobiq prezidentiga jinoiy ayblov qo‘yilishidir.
 
Manhetten okrugi prokuraturasi sobiq prezidentga 2006 yilda Tramp bilan yaqin munosabatda bo‘lganini da’vo qilgan aktrisa Stormi Daniyelsga pul to‘lash sxemasidagi roli bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan biroz oldin Daniyels kelishuv doirasida Trampning advokatlaridan 130 ming dollar olgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?