date
views 302

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp qamalishi mumkin

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp qamalishi mumkin
Nyu-Yorkdagi oliy hakamlar hay’ati qaroridan so‘ng Donald Trampga nisbatan e’lon qilinishi kutilayotgan ayblovlar bo‘yicha AQSH sobiq prezidenti taqriban to‘rt yilllik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
 
Bu haqda 31 mart, juma kuni DW ga bergan intervyusida Federal tergov byurosining (FTB) sobiq maxsus agenti, firibgarlik va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassis Devid Shapiro aytib o‘tdi.
 
«Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, ayblovlar to‘plamiga til biriktirish, biznes hujjatlarini qalbakilashtirish, saylovoldi tashviqotini moliyalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishda firibgarlik, sug‘urta va soliqqa oid firibgarlik kiradi, deb taxmin qilaman», - deydi Shapiro. «Ayni paytda ularning aksariyati Trampga to‘rt yillik qamoq jazosi bilan tahdid soladigan jiddiy “Ye” toifali jinoiy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq», — deya tushuntirgan ekspert.
 
Devid Shapiro sud jarayoni qanday bo‘lishi mumkinligi haqida gapirar ekan, Tramp rasmiy ayblovlarni eshitish uchun sudya huzuriga kelishini aytdi. Uning barmoq izlari va politsiya ish jildi uchun suratga olinadi. Ayblovlar 4 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, keyin AQSH sobiq prezidenti qo‘yib yuboriladi.
 
Advokat Jo Takopina avvalroq Trampning sudga kelish vaqtida qo‘liga kishan taqilmasligini aytgan edi. O‘z navbatida, Devid Shapironing fikricha, Oq uyning sobiq rahbari buning teskarisidan manfaatdor bo‘lishi mumkin.
 
«Bu vaziyatning jiddiyligini, qurbonlik maqomini kuchaytiradi va u 21-asrning xavfli jinoyatchisi, mafiozi degan taassurot uyg‘otadi», deb ta’kidladi ekspert. «Tasavvur qilsa bo‘ladiki, uning oshkoralikka moyilligi va ustunlikka erishishi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan maksimal darajada foydalanish istagi tufayli u tajovuzkor ritorikani afzal ko‘rishi va «Menga xuddi Amerikaning birinchi dushmani kabi munosabatda bo‘ling», - deyishi mumkin, deya qo‘shimcha qilgan Shapiro.
 
Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati sobiq aktrisa Stormi Daniyelsga jim bo‘lish uchun pul to‘lash ishining bir qismi sifatida AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun ovoz berdi. Manhetten okrugi prokurori Alvin Braggning 31 mart kuni Twitter'da e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, prokurorlar Trampning advokati bilan bog‘lanib, uni rayon prokuraturasiga kelishini muvofiqlashtirgan.
 
Prokuror qo‘shimcha ma’lumotni ayblov qo‘yish muddati belgilanganidan keyin berishga va’da qildi. The New York Times gazetasining yozishicha, yaqin kunlarda ayblov e’lon qilinadi. AQSH sobiq prezidentiga qanday ayblovlar qo‘yilishi hozircha ma’lum qilinmagan.
 
Amerikaning CNN va NBC telekanallari siyosatchining advokati Jo Takopinaga tayanib, Tramp kelasi hafta sudga kelishi mumkinligini xabar qilmoqda. Bu AQSH tarixida birinchi marta mamlakatning amaldagi yoki sobiq prezidentiga jinoiy ayblov qo‘yilishidir.
 
Manhetten okrugi prokuraturasi sobiq prezidentga 2006 yilda Tramp bilan yaqin munosabatda bo‘lganini da’vo qilgan aktrisa Stormi Daniyelsga pul to‘lash sxemasidagi roli bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan biroz oldin Daniyels kelishuv doirasida Trampning advokatlaridan 130 ming dollar olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp qamalishi mumkin