date

Rossiyalik milliarder o‘g‘lining to‘yini katta dabdaba bilan o‘tkazdi (Foto)

Rossiyalik milliarder o‘g‘lining to‘yini katta dabdaba bilan o‘tkazdi (Foto)

Jamoatchilik Mixail Guserievning o‘g‘liga qilgan dabdabali to‘ydan hali o‘ziga kelmay turib, muhokama uchun yangi mavzu topildi. Bu haqda “Sosmo.ru” nashriga asoslanib “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Moskvaning “Safisa” restoranida o‘tkazilgan to‘yga favqulodda katta miqdordagi mablag‘ sarflandi. “Tashir” guruhlari kompaniyasi prezidenti, milliarder Samvel Karapetyan o‘g‘li, 23 yoshli Sarkisni, gruziyalik Salomeya ismli qizga uylantirdi.

To‘yga 500 nafar mehmon, shu jumladan Rossiyaning mashhur shou-biznes vakillari ham tashrif buyurdi. To‘y o‘zining dabdabasi, hashamdorligi bilan hammani hayratga soldi. To‘yxona tabiiy gullar, dasturxon esa ulkan tortlar bilan bezatildi.

Restoran ertakmonand o‘rmon shakliga keltirilib, oppoq gullar bilan yasatilgan. To‘yda Alla Pugachyova, Grigoriy Leps, Vera Brejneva va Maroon 5 guruhi vakili Adam Levinlar qo‘shiq aytgan.

Sarkis Karapetyan yaqinda eng havas qilarli bo‘ydoqlar ro‘yxatida etakchilik qilgan edi. Uning otasi Forbes jurnalining eng boy odamlari ro‘yxatida 26-o‘rinda turadi va daromadi 4,6 miliard dollar deb baholangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik milliarder o‘g‘lining to‘yini katta dabdaba bilan o‘tkazdi (Foto)