20:25 / 13.04.2023
178

Qozog‘istonda sun’iy intellekt tirbandliklarga qarshi kurashadi

Qozog‘istonda sun’iy intellekt tirbandliklarga qarshi kurashadi

Foto: ulysmedia.kz

Qozog‘istonning Olmaota shahrida yo‘l harakatini tartibga solish uchun sun’iy intellekt qo‘llaniladi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Shahar hokimi bilan uchrashuvda Auyezov tumani aholisidan biri aqlli svetoforlarni o‘rnatishni taklif qildi.

Pik vaqtida shahar yo‘llarida tirbandlik yuzaga keladi, harakatni tartibga solish uchun aqlli svetoforlar o‘rnatish taklifim bor”, — degan u.

Bunga javoban Yerbolat Do‘sayev shahar hokimiyati ushbu muammolarning yechimini izlayotganini aytdi.

Shahar bir joyda turmaydi. Muammo bor. Biz uning yechimini faol izlayapmiz. Yil oxirigacha svetoforlarda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lamiz. Bu amaliyot allaqachon mavjud, maksimal tirbandlik paytida svetofor yo‘nalishlari chastotasi sun’iy ravishda o‘zgaradi. Hujjatlaringizni o‘rinbosarim Asqar Amringa bering, u o‘rganadi, taklifingizda nima foydali ekanini aniqlab beradi. Ma’qul kelsa, undan foydalanamiz”, —  deb javob bergan Olmaota hokimi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo