Ukrainada er ostidan o‘tuvchi halqaro spirt quvuri topildi


Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari Ukrainaning Vinnitsa viloyati hududida er ostidan o‘tuvchi spirt quvuri borligini aniqlashdi. Bu haqda “Dayonline.ru” nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu quvurdan kontrabanda yo‘li bilan Moldaviyadan Ukrainaga spirt yetkazish uchun foydalanilgan.
“Tadbirkorlar” buning uchun Dnestr qirg‘og‘iga yaqin joyda mahalliy fuqarolardan birining uyini ijaraga olishgan va qirg‘oq bo‘ylab er ostiga polipropilen quvurlarni yotqizib chiqishgan. Quvurning bir uchi Ukrainadagi Kremennoe qishlog‘i hududida ekani ma’lum. Diametri 6 santimetr, uzunligi 430 metr bo‘lgan ushbu quvur yordamida yaqin kunlar ichida boshqa davlatdan spirt olib kirishni rejalashtirilgan edi. UXXning tezkor harakati tufayli kontrabandachilarning rejalari chippakka chiqdi.































Izohlar 0
…