
Foto: AP
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) mamlakat fuqarolarining Ukraina hududidagi urushda ishtiroki bo‘yicha 10 ta jinoiy ish tergovini olib bormoqda. Bu haqda KazTAG nashri departament matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
MXQ boshqa tafsilotlarni, jumladan, ish bo‘yicha ayblanuvchilar haqida ma’lumotlarni oshkor qilmagan. Qozog‘iston fuqarolari kim tarafda jang qilgani ham ma’lum emas.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga ko‘ra, xorijdagi qurolli mojarolarda qatnashish 5 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
2022 yil sentyabr oyida Vladimir Putin Rossiya Qurolli Kuchlari va «boshqa qo‘shinlar» tarkibida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkinligi haqidagi qonunni imzolagan edi.
Avvalroq, «Azattiq» radiosi «Vagner» XHK tarkibida Rossiya tomonida Ukrainada jang qilgan bir necha Qozog‘iston fuqarolari haqida xabar berdi. Nashrning qayd etishicha, ular orasida ko‘ngillilar ham bor.
Qozog‘istonUrushda IshtirokJinoyat IshlariXorijdagi MojarolarRossiya FuqaroligiVagner XHK O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar