![Rossiyaga noqonuniy kirishga uringan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi](/uploads/posts/2023-04/zemicxwo80xbq8wr23gpwi2018mearn3.jpg)
Foto: Foto: Vadim Axmetov / URA.RU
Chelyabinsk viloyatining Bredinskiy tumanida Rossiya hududiga noqonuniy ravishda kirmoqchi bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda 18 aprel kuni Bredinskiy tuman sudi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Ura.ru.
«2022 yilda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonga Rossiya Federatsiyasi chegarasini Chelyabinsk viloyati Bredinskiy tumani orqali kesib o‘tish uchun kelgan. Rossiya «FSB» chegara bo‘limi xodimlari qoidabuzarlarni qo‘lga oldi. Ayblanuvchilarga Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 2-qismi (Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bo‘yicha jazo tayinlandi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Sudda ma’lum qilinishicha, ushbu ikki fuqaro o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Bir sudlanuvchiga 1 yil muddatga manzil-koloniyada o‘tash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ikkinchisi bir yil-u olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi, sababi u Rossiya hududida avval jinoiy javobgarlikka tortilgan va jazo o‘tagan.
Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar