12:11 / 21.04.2023
309

Zelenskiy: «Ukraina NATOdan alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq qadamlar kutmoqda»

Zelenskiy: «Ukraina NATOdan alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq qadamlar kutmoqda»
Foto: president.gov.ua
Ukraina NATOdan mamlakatni alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq qadamlar va «bu yo‘lda xavfsizlik kafolatlarini» kutmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 aprel, payshanba kuni Kiyevda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
 
Iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga izoh berar ekan, Zelenskiy unda ishtirok etish taklifi uchun minnatdor ekanligini, biroq «Ukraina ham tegishli taklifnoma olishi»ni muhim deb bilishini aytdi. «Ukrainani alyansga taklif qilish bo‘yicha siyosiy qarorlarga qarshi bo‘lgan birorta ham obyektiv to‘siq yo‘q», — dedi Zelenskiy.
 
«Biz qadamlar kutmoqdamiz. Oldinga qadamlar. Bizga bugungi munosabatlarimiz formatidan ko‘ra ko‘proq narsa kerak. Ular bizni qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlayotganini juda qadrlaymiz. Lekin Ukraina qachon NATOda bo‘lishini tushunmoqchimiz. Bu yo‘lda xavfsizlik ham kafolatlanishi lozim», dedi prezident.
 
Stoltenberg NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. «Biz bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashda va mamlakatingiz himoyasida siz bilan birgamiz. Ertaga siz Ukraina xalqining porloq kelajagi yo‘lida qayta qurayotgan va mehnat qilayotganingizda biz siz tomonda bo‘lamiz», - dedi u. Alyans rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «Yevroatlantika oilasida o‘z o‘rnini topishi kerak». «Ukrainaning munosib o‘rni NATOda. Buni vaqt o‘tishi bilan qilamiz», - dedi Stoltenberg.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo