date
views 609

Rossiyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cu-34” samolyoti Belgorodga aviabomba tashlab yubordi (video)

Rossiyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cu-34” samolyoti Belgorodga aviabomba tashlab yubordi (video)
Foto: Mash
Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti 20 aprel, payshanba kuni kechqurun Belgorod markaziy qismiga aviabomba tashlab yubordi.
 
 “20 aprel kuni Harbiy havo kuchlariga qarashli Su-34 samolyotining Belgorod shahri uzra parvozi chog‘ida aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushishi sodir bo‘ldi. Natijada turar joy binolariga shikast yetgan, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram kanalida holat bo‘yicha ma’lumot bergan.
Foto: Telegram / Vyacheslav Gladkov
Belgorodda favqulodda holat. Portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Markaziy ko‘chalardan birining chorrahasida radiusi 20 metrga teng ulkan o‘ra paydo bo‘ldi. Yaqin-atrofdagi turar joy binosining oynalari singan, portlash natijasida to‘xtab turgan bir nechta mashina shikastlangan va elektr uzatish liniyalari ishdan chiqqan”, — deb yozadi u.
 
Keyinroq gubernator ikki kishi jabrlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Shaladin ko‘chasidagi turar joy binosining to‘rtta kvartirasi ham vayron bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning o‘ziga tegishli bo‘lgan “Cu-34” samolyoti Belgorodga aviabomba tashlab yubordi (video)