Rossiya tunda Ukraina hududiga Eronda ishlab chiqarilgan 10 ga yaqin «Shahed-136» kamikadze dronlarini uchirdi, ulardan sakkiztasi Ukraina harbiylari tomonidan yo‘q qilindi, deya xabar beradi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Facebook'dagi ertalabki hisobotida.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi, o‘z navbatida, jami 12 tagacha dron uchirilganini ma’lum qilib, ulardan sakkiztasi urib tushirilganini tasdiqladi.
Poltava viloyatida dron hujumidan so‘ng fuqarolik infratuzilmasi obyekti vayron bo‘ldi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Dmitriy Lunin Telegram-kanalida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Vinnitsa viloyatida portlash infratuzilma obyektiga zarar yetkazdi, dedi «Yug» operativ qo‘mondonligi spikeri Natalya Gumenyuk milliy telemarafon efirida.
Yarim tundan keyin butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida trevoga e’lon qilindi. Mamlakatning ayrim hududlarida kechasi ikki marta ogohlantirish sirenasi yangragan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar