08:00 / 22.04.2023
207

Ukraina fuqaroligini olish uchun endi imtihondan o‘tish kerak

Ukraina fuqaroligini olish uchun endi imtihondan o‘tish kerak
Foto: “UNIAN”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat fuqaroligini olish uchun ukrain tili, tarixi va konstitutsiyasidan imtihon topshirish zarurligi haqidagi qonunni imzoladi.
 
Ukrainaning UNIAN nashri tushuntirishicha, gap “Ukraina fuqaroligi to‘g‘risida”gi va “Ukraina tilining davlat tili sifatida amal qilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlarga Ukraina fuqaroligiga qabul qilish shartlari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun haqida ketmoqda.
 
Qayd etilishicha, tegishli qonun 21 aprel kuni prezident imzosi bilan qaytarilgan.
 
Xorijliklar imtihonni fuqarolikni olgandan keyin ham topshirsa bo‘ladi, buning uchun ikki yil muddat beriladi. Agar bu vaqt ichida xorijlik ushbu testlardan o‘ta olmasa, u Ukraina fuqaroligidan mahrum qilinadi.
 
2023 yil 21 mart kuni Oliy Rada uchta imtihondan o‘tish orqali Ukraina fuqaroligiga qabul qilish amaliyotini joriy etishni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan edi.
 
Qonun loyihasida fuqarolikka qabul qilish sharti sifatida Ukraina konstitutsiyasi asoslari, tarixi va davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon topshirishni joriy qilish nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo