![Latviya o‘zining barcha Stinger komplekslarini Ukrainaga beradi](/uploads/posts/2023-04/zlnpdzchfi4rdjcqkhf_ynhwvmq5wrz3.jpg)
Foto: AP
Latviya Ukrainaga o‘zida mavjud bo‘lgan Stinger olib yuriladigan zenit-raketa komplekslarining so‘nggi partiyasini topshiradi, deb ma’lum qildi Latviya mudofaa vaziri Inara Murniyetse Ukraina mudofaasi bo‘yicha Ramshtayn aloqa guruhi yig‘ilishida.
Taqdim etiladigan olib yuriladigan zenit-raketa komplekslarining soni va ularni yetkazib berish muddati ko‘rsatilmagan.
Bundan tashqari, Latviya ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturlarini kengaytiradi, deb yozdi Murniyetse Twitter mikroblogida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Latviyada o‘qitiladigan Ukraina harbiy xizmatchilari soni 2022 yilga nisbatan uch baravar ko‘payadi.
21 aprel, juma kuni Germaniyaning Ramshtayn aviabazasida Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin «Ukrainadagi erkinlik kuchlari»ga xalqaro yordam o‘zgarishsiz, keng va kuchli bo‘lib qolishiga ishontirdi.
«Ukraina o‘z fuqarolarini, infratuzilmasini va bo‘linmalarini Rossiya raketalari tahdididan himoya qilish uchun zudlik bilan bizning yordamimizga muhtoj», dedi u hamda Ukrainaga yordam zarur bo‘lgan vaqtgacha davom etishini ta’kidladi. Urush boshlanganidan beri AQSH allaqachon Kiyevga 35 milliard dollardan ortiq harbiy yordam bergan, deydi Ostin. U urush maydonida Ukraina uchun ahamiyatli bo‘lgan sheriklarning sa’y-harakatlari Kreml naqadar noto‘g‘ri o‘ylaganini ko‘rsatib qo‘yganini bildirdi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham Kiyevga keyingi harbiy yordamni va’da qildi. «Ukrainada logistika urushi ketmoqda», - dedi u hamkor davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishi boshlanishidan oldin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga allaqachon yetkazib berilgan tizimlarni ish holatida saqlash muhim ahamiyat ega. «Bizga o‘q-dorilar, ehtiyot qismlar va yoqilg‘i kerak», dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar