date
views 103

Zelenskiy: Ukrainada 60 dan ortiq muzey Rossiya tomonidan vayron qilindi

Zelenskiy: Ukrainada 60 dan ortiq muzey Rossiya tomonidan vayron qilindi
Foto: IMAGO
Urush paytida Ukrainaning turli mintaqalaridagi 60 dan ortiq muzey va galereyalar rus harbiylari tomonidan vayron qilingan yoki shikastlangan.
 
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videomurojaatida Xarkiv viloyatining Kupyansk markazidagi o‘lkashunoslik muzeyining o‘qqa tutilishini izohlar ekan, shunday ma’lumotlarni taqdim etdi.
 
Bundan oldin Rossiya Ukraina pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun eng so‘nggi T-14 «Armata» tanklaridan foydalanishni boshlagandi.
 
Yanvar oyida Britaniya harbiy razvedkasi Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari tanklarning «yomon ahvoli» tufayli ushbu mashinalarning birinchi partiyasini qabul qilishni istamagani haqida xabar bergan edi, deb yozmoqda Reuters.
 
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, T-14'dan foydalanish birinchi navbatda tashviqot maqsadida qabul qilingan «xavfli qaror» bo‘lishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Ukrainada 60 dan ortiq muzey Rossiya tomonidan vayron qilindi