21:35 / 27.04.2023
254

AQSH Ukrainani 1991 yilgi chegaralarga qaytarishni talab qiluvchi rezolyutsiya tayyorladi

AQSH Ukrainani 1991 yilgi chegaralarga qaytarishni talab qiluvchi rezolyutsiya tayyorladi
Foto: Reuters
25 aprel kuni AQSH Demokratik va Respublikachi partiyalari kongressmenlari Kongress Vakillar palatasiga rezolyutsiya loyihasini taqdim etdilar. Unda Ukrainadagi urush 1991 yilgi chegaralarga qaytishi bilan yakunlanishi kerakligi ta’kidlangan, deb yozdi Deutsche Welle.
 
«AQSH siyosati shundan iboratki, Ukraina urushda yengib, 1991 yilgi xalqaro tan olingan chegaralari doirasiga, ya’ni Qrim va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan boshqa hududlarga qaytishi kerak», deyiladi hujjatda.
 
Shuningdek, rezolyutsiya loyihasida Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi, Rossiya tovon puli to‘lashi, Kreml rasmiylari esa harbiy jinoyatlarda ayblanib sudlanishi kerakligi aytiladi.
 
Hujjat Kongressning Helsinki komissiyasi a’zolari bo‘lgan respublikachi Jo Uilson va demokrat Stiv Koen tomonidan tayyorlangan. Hujjat ovozga qo‘yilishidan oldin Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
 
Kongressning Helsinki komissiyasi 25 aprel kuni Kapitoliy yaqinida o‘nlab ukrainalik tarafdorlar yig‘ilgani, ular rezolyutsiyaning Kongressga kiritilishini olqishlagani haqida xabar berdi. Yig‘ilganlar orasida Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yushchenko ham bor edi.
 
«Biz 1939 yil 1 sentyabrdagi xatoni takrorlamasligimiz kerak», dedi rezolyutsiya hammuallifi Jo Uilson Adolf Hitlerning Polshaga bostirib kirganini eslab.
 
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak rezolyutsiyaning kiritilishini olqishladi. Yahoo News bilan suhbatda u hujjatni «ajoyib» deb atadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo