![Zelenskiy: «Urush yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkin»](/uploads/posts/2023-04/1682831688_920__95_2887519052.png)
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyati G‘arb qurollarini yetkazib berish hajmi va vaqtiga bog‘liqligini aytdi.
Qarshi hujumga tayyorgarlik haqida fikr bildirar ekan, prezident qurol muhimligini ta’kidlagan.
Vladimir Zelenskiy qarshi hujum rejasini oshkor qilishni istamagan. Biroq tahlilchilar Ukrainaning qarshi hujum zarbasi bahorning oxiri yoki yozning boshida sodir bo‘lishini taxmin qilishmoqda.
Ukraina prezidenti muvaffaqiyatga umid qilishiga qaramay, u urush yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.
«Boshqa davlatlar uchun hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchinchi jahon urushi xavfini oshirishdan ko‘ra arzonroq», — deya xulosa qilgan Ukraina rahbari.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar