date

Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Esentaevani pichoqlab ketishdi

Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Esentaevani pichoqlab ketishdi

Qozog‘istonlik mashhur prodyuser va xonanda Bayan Esentaeva o‘tkir pichoqdan olgan jarohatlari tufayli Olma-ota viloyati Talgar shahridagi kasalxonalarning biriga yotqizildi. Bu haqda “Nur.kz” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” xabar yozmoqda.

Bayan Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan Talgar shahridagi Markaziy shifoxonaga qorin bo‘shlig‘iga pichoq yordamida etkazilgan jarohat, bosh miya lat eyishi, burun sinishi kabi jarohatlar tufayli etkazilgan.

Taxminlarga ko‘ra, Bayanga uning turmush o‘rtog‘i pichoq bilan jarohat etkazgan.

“Ayni vaqtda Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Inson salomatligiga qasddan zarar etkazish” bobining 106 moddasiga asosan tergov ishlari olib borilmoqda”, deya xabar beradi viloyat polisiya bo‘limi vakili.

Olma-ota viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tez yordam mashinasi soat 12:15 da Olma-ota-Kokpek-Koktal trassasidagi AYoQShga etib borgan. Guvohlarning aytishicha Bayan Esentaeva barcha jarohatlarni turmush o‘rtog‘i Bakitbek Esentaev bilan tortishuv chog‘ida olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bakitbek Esentaev rafiqasini urib burnini sindirgan, so‘ng qorin bo‘shlig‘i sohasiga pichoq bilan jarohat etkazgan. Bayan shifoxonaga etkazilgach, shifokorlar uning jarohati ustida 3 soat davomida jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan.

42 yoshli Bayan Esentaeva Shine Production kompaniyasi rahbari, teleboshlovchi, aktrisa qo‘shiqchi Qozog‘istonning ko‘zga ko‘ringan prodyuserlaridan biri sanaladi. U 2006 yildan beri yakkaxon xonandalarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullanadi.

Bayan Bakitbek Esentaevga 20 yoshida turmushga chiqqan. Ularning 2 nafar Aysaule va Ayaru ismli qizlari bor.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Baxitbek Esentaev qo‘lga olingan. Bayan esa o‘ziga kelgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik prodyuser Bayan Esentaevani pichoqlab ketishdi