19:20 / 01.05.2023
1 377

Rossiya 9 maygacha Baxmutni egallab, urush tugaganini e’lon qilmoqchi

Rossiya 9 maygacha Baxmutni egallab, urush tugaganini e’lon qilmoqchi
Kreml Baxmutni to‘liq bosib olish uchun 9 may sanasini tanladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shundan so‘ng “g‘alaba notasi”ni e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina rasmiylariga tayanib, RBC-Ukraina xabar berdi.
 
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, bu Rossiya rasmiylari va armiyasi uchun mantiqiy qaror bo‘ladi, chunki Baxmut uchun mashaqqatli jangdan so‘ng rus armiyasi hujumni davom ettirish uchun kuchga ega bo‘lmasligi mumkin.
 
Misol tariqasida, 2022 yil yozda Shimoliy Donetskdagi aholi punktlarining bir qismi uchun mashaqqatli janglardan so‘ng, rus bosqinchilarining harakati bir necha oyga to‘xtatilgandi.
 
Shubhasiz, Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumi Rossiyani bosib olingan hududlarni yo‘qotishiga olib kelishi aniq. Shu sababli Moskva urushning tugashi va “maxsus harbiy operatsiya” ko‘zlangan “maqsadiga erishgani”ni e’lon qilish orqali allaqachon qo‘lga kiritilgan hududlarni “mustahkamlash”ga intilishi mumkin.
 
Agar Rossiya qarshi hujum boshlanishidan oldin urush tugaganini e’lon qilsa, dunyo yetakchilari Kiyevni harbiy operatsiyani boshlash o‘rniga muzokaraga ko‘ndira boshlashi mumkin, chunki Ukraina manfaatidan tashqari bo‘lgan va tinchlikka erishishga chorlovchi siyosatchilar bor.
 
Agar Rossiya urush tugaganini e’lon qilib, muzokaralarni kutsa, tinchlik tarafdori siyosatchilar soni sezilarli darajada oshishi mumkin. Shuning uchun Ukraina qurolli kuchlariga qarshi hujumi boshlanishidan oldin Moskva qandaydir g‘alabani e’lon qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Baxmutni himoya qilish ustuvor vazifadir.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya 9 maygacha Baxmutni egallab, urush tugaganini e’lon qilmoqchi